Mo'min Oripov bugun bomdodda chiqarildi! - 30 June 2009 - UnitedStudioNY.Com-Video Photo Service & Online Cinema
Saturday
11.02.2012
7:40:05 AM
 
UNITED STUDIO ILKHOM
1-718-600-6518
Professional Video & Photo
Welcome Guest | RSS Main | Registration | Login
            
Menu
Donate
UZ TV-LiveStream
News
Online Cinema
Vote

         

Site friends








Info
PhotoShopTutorials
Mini Chat
Contact Us

Sender *:
E-mail *:
Web Site Address:
Theme of the Letter:
Text Message *:
Evaluation of the Site:
Code *:

Main Categories
Crystal Clock

clock-desktop.com
Main » 2009 » June » 30 » Mo'min Oripov bugun bomdodda chiqarildi!
Mo'min Oripov bugun bomdodda chiqarildi!
3:12:28 AM
 
                                      
Hozirgina "Bojalar" guruhi xonandasi Mo'min Oripovni so'nggi yo'lga kuzatdik. Barcha uning yaqinlari, yoru-birodarlari, do'stlar hamda hamkasblari Mo'minning Sebzordagi uyi yaqinida to'planishdi. Janoza namozi marhumning xonadoni yaqinida joylashgan "At-Termiziy" masjidida o'qildi so'ngra so'nggi manzilga kuzatildi.

Mo'minning tanasi "Teshik qopqoq" qabristoniga qo'yildi. Har birimizning borar yerimiz bir. Bu foniy dunyoni bir kun kelib barchamiz tark etamiz. Har bir insonning taqdiri va o'limi belgilangan, uni hech kim o'zgartira olmaydi. Ming afsuslarki, Mo'min Oripov bizni juda erta tark etdi. Undan bu dunyoda bir necha filmdagi rollari, bir necha o'nlab qo'shiqlari va Bilol ismli o'g'li qoldi.

Shu kunlarda Mo'min Oripov hamda Javlon Shodmonov (guruh administratori) rejissorligi ostida ishchi nomi "Xirs" bo'lgan badiiy film suratga olinayotgan edi. Afsuski mazkur kartina tugallanmay qoldi. Oybek va Nigora dueti a'zosi Nigora Ismoilova mazkur filmda Mo'min bilan birgalikda bosh qahramon obrazini talqin etishayotgan edi. Suratga olish ishlari deyarli yakunlangan bo'lsada, hali ba'zi suratga olish ishlari yakuniga yetmay qoldi. Endigina ushbu film uchun maxsus saundtrek ijro etilish uchun Mo'min hamda Nigora tayyorgarlik ko'rishayotan edi. Ma'lumotlarga qaraganda film ssenariysi bo'yicha kartina yakunida Mo'min ijro etayotgan qahramonning o'lim sahnasi ham bor ekan.

Yana bir bor biz barcha o'zbek xalqi, "Bojalar" guruhi muxlislari, SB.uz portali foydalanuvchilari nomidan Mo'minning oila-a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz. Biz doimo seni yodimizda saqlaymiz, Mo'min. Sen bizning qalbimizdasan!!!

 

 Mo'min Oripov haqida ma'lumotlar:

 

Bojalar guruhi a'zosi Mo'min



# Savol Javob
1. To'liq ism–sharifi Aripov Mo'min Mahmudovich
2. Laqabi yoki tahallusi Mo'mintoy
3. Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri, 15 mart 1984 yil
4. Vazni 78 kg
5. Bo'yi 172 sm
6. Millati O'zbek
7. Harakteri Quvnoq
8. Oilaviy sharoiti Oilali, turmush o'rtog'ining ismi Kamola
9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo Jazo berishmagan

10.

Birinchi bo'sa Uylanganidan keyin
11. Birinchi bor o'zi tayyorlagan taomi Yodida yo'q, lekin hozir hech qanday taom tayyorlashni bilmaydi
12. Sevimli aktyor va aktrisasi Murod Rajabov va Dilbar Ikromova
13. Sevimli xonandasi Tohir Sodiqov
14. Sevimli filmi "Ko'zlaring ma'yus"
15. Sevimli qo'shig'i Tohir Sodiqov ijrosidagi "Ko'zlaring ma'yus" va "Bo'ldi xato" qo'shiqlari
16. Sevimli taomi Palov va qozon kabob
17. Sevimli ichimligi Qatiq va mineral gazli suv
18. Sevimli sport turi Futbol
19. Sevimli mashg'uloti Qo'shiq kuylash va uxlash
20. Sevgan insoni Rafiqasi
21. Foydalanadigan atiri Arab mushkambari
22. Shiori Olg'a
23. Mukofotlari "Tarona taqdimoti–2006"da "Yilning eng yaxshi guruhi" nominatsiyasi g'olibi
24. Ko'p ishlatadigan so'zi Avval
25. Shaxsiy avtomobil markasi "Lasetti"
26. Agarda xonanda bo'lmaganida Sartarosh bo'lardi
27. Orzusi Katta xovli qurib, o'sha uyda baxti yashash
28. Armoni Yo'q
29. Shaxsiy e-mail manzili Yo'q
30. Shaxsiy sayti Yo'q

(P/S: "Bojalar" guruhi bilan sodir bo'lgan ushbu mudhish fojea yuzasidan turli xil internet resurslarda har xil mish-mishlar yozilmoqda. Biz sizni ushbu mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Holat yuzasidan barcha haqqoniy ma'lumotlar bizning portal orqali sizga yetkaziladi.)

Eslatib o'tamiz, bizning portal hostingi AQSHda joylashganligi sababli, yangilik joylanayotgan vaqt AQSH vaqti bilan joylangan.


                                      
Category: ShowBusiness | Views: 1661 | Added by: uzbekturon |
Total comments:
                 
Only registered users can add comments.
[ Registration | Login ]
Login form
User name:
Password:
Remember
Buy Uzbegim
Categories
Concerts & Tickets [20]
Wedding Gallery [12]
ShowBusiness [9]
LISTEN UZB RADIO
For UZBEGIMagazine
UzbekTVRadio NY
 
 

Calendar
«  June 2009  »
SuMoTuWeThFrSa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Search

             

Concerts



Uzbek Stars
Site Clock
Map
Locations of visitors to this page
USI-TV
Free Online Cinema
              
Share
| More
News Brooklyn
Statistics




Total 6
Guests 6
Users: 0

Qur'oni Karim
NeoCounter
   
Visitor Globe
UzbekTVRadio NY
toolbar powered by Conduit
OurTVRadio Toolbar
toolbar powered by Conduit
Copyright UNITED STUDIO ILKHOM ©2001-2012 Create a website for free
Owners and founders of the given site do not bear responsibility for use of references and the information, presented on this site. On the given site references to other resources are presented exclusively. The given project is noncommercial, therefore authors do not bear any liability. All information and references are presented exclusively in the fact-finding purposes and intended only for viewing.
Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.